6

2007-yilda «Kelajak ovozi» Respublika yoshlar tanlovida «Badiiy ijod va pulitsistika» nominatsiyasida ishtirok etib,  nasr yo’nalishi bo’yicha viloyat bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan hamda Respublika bosqichi sovrindori bo’lgan. muallifning badiiy ijod sohasidagi ishlaridan namunalar «Ijod» sahifasida keltitilgan.

1

2013-2014-o’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari o’rtasida o’tkaziladigan «eng yaxshi metodik qo’llanma va adabiyotlar» tanlovida «Kompyuter olamiga 5 qadam» nomli qo’llanmasi bilan ishtirok etib, «Aniq fanlar» yo’nalishida tanlovning viloyat bosqichi g’olibi bo’lgan. Mazkur qo’llanma va boshqa metodik materialar bilan saytning «Muallifik ishlari» kichik b»limi orqali tanishishingiz mumkin.

 

Без имени-2

Farg’ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan 2014-yilda o’tkazilgan «XXI asr pedagogi» tanlovida «Axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha mening g’oyam» mavzusidagi loyiha taklifi bilan ishtirok etib, tanlovg’olibiga aylangan va Koreya Respublikasida malaka oshirish imkoniyatini qo’lga kirigan. Mazkur loyiha taklifining to’liq mazmuni bilan saytning «Taraqqiyot sari» bo’limi orqali tanishish imkoniyatiga egasiz.

5 2014-2015-o’qu yilida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan o’tkazilgan «Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi» ko’rik-tanlovida ishtirok etib, informatika fani bo’yicha Respublika bosqichida faxrli 4-o’rinni qo’lga kiritgan hamda Vazirlikning diplomi bilan taqdirlangan.