Assalomu alaykum muhtaram zamondosh!

Saytga tashrif buyurib, har birimizning ko’zlarimiz o’rganib qolgan, hali sayt oynasi to’liq ochilib ulgurmasidanoq taxmin qilishimiz mumkin bo’lgan nomlanishlar o’rniga butunlay yangicha, kamdan kam uchrayotgan nom va iboralarni uchratib hayron bo’lganingiz tabiiy. Ko’pchilik qatori sizning ham birinchi bergan savolingiz «Nima uchun «Karvonsaroy»?» degan mazmunda bo’lganidan zarracha ajablanmayman. Ochig’ini aytganda bu savolning javobi juda ham oddiy. Shunchaki, odatiy atama va nomlardan birozgia uzoqlashgim shu orqali tashrif buyuruvchining hayollarini ham kundalik muammo va tashvishlardan biroz chalg’itgim keldi. «Karvonsaroy» — sharq xalqlari tarixida yaxshi tanish tushuncha. Barcha shahar va manzilgohlarda shu nom bilan atalgan maskanlar bo’lib, shaharga tashrif buyuruvchi insonlarning dastlabki qarorgohi, aynan Karvonsaroy bo’lgan. Bundan tashqari shahardagi ijtimoiy hayotga oid yangiliklarni, biror muhim hodisa haqidagi ilk xabarlarni eshitish mumkin bo’lgan joylardan biri ham aynan karvonsaroylar bo’lgan. Shu ma’noda, saytdagi tashrif buyurgan kishi to’g’ridan to’g’ri kirib boradigan va saytdagi so’nggi yangiliklar haqida dastlabki ma’lumotni olishi mumkin bo’lgan «Bosh sahifa»ni aynan shun nom bilan atashga qaror qildim.

Shu o’rinda aytib o’tishim zarurki, saytga materiallarni tayyorlashda turli manbaalardan, o’zbek, rus va boshqa tillarda nash qilingan adabiyotlar, davriy nashrlar, ko’plab internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar va mesenjerlar bloklaridan foydalanilgan bo’lib, ularga nisbatan mualliflik huquqi menga tegishli emas. Ular orasida, shaxsiy mehnatlarim mahsuli bo’lgan dars ishlanmalari, yillik o’quv rejalar, ayrim metodik materiallar va boshqalar bor, lekin 100% emas. Shuning uchun ham, saytdagi manzillarni faqat mutoala qilish va ulardan mualliflik huquqiga dahl qilmaydigan darajada foydalanshni tavsiya etaman.

Demak, tushnganingizdek

                KARVONSAROY — bu bosh sahifa.

BU MANZIL…

                KIMLAR UCHUN — Saytdan kimlar foydalanishlari mumkin va ular nima otopa oladilar?

                XARITASI — Saytning barcha bo’limlariga to’g’ridan-to’g’ri bog’lanmalar.

 SHAVKAT AZIMOV — sayt muallifi haqidagi shaxsiy ma’lumotlar hamda bevosita uning muallifligidagi loyiha hamda ishlanmalarning elektron variantlari. Xususan,

             FAOLIYAT — Sayt muallifi, Shavkat Azimovning mehnat faoliyati tarixi haqidagi ma’lumotlar.

             YUTUQLAR — Ta’lim va mehnat faoliyati davomida Shavkat Azimov tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar.

MUALLIFLIK LOYIHALARI — Umumta’lim maktablarida informatika fanini o’qitish yuzasidan ishlab chiqilgan metodik tavsiya va qo’llanmalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tizimini rivojlantirish bo’yicha konseptual loyihalar. Ya’ni,

            SANOQ SIRLARI — umumta’lim maktablarida Sanoq sistemalarini o’rgatish uchun o’qituvchi va o’rganuvchilar uchun metodik qo’llanma. Qo’llanmada mavzuga oid asosiy tushunchalar ta’rifi, turli sanoq sistemalari ustida amallarni bajarish yuzasidan tavsiyalar keltirilgan.

             PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR — Mazkur qo’llanma ta’lim jarayonini tashkil qilish, informatika fanini o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar haqida ma’lumotlar keltirilgan mazkur qo’llanma muallifning ilk mustaqil ishlanmasi bo’lib, pedagogika oliy o’quv yurtida ta’lim olib yurgan kezlaridagi izlanishlar va qiziqishlar natijasida tayyorlangandir.

           5 QADAM — Kompyuter texnikasidan foydalanish bo’yicha boshlang’ich ko’nikmalarga ega emasmisiz? Kompyuter siz uchun ko’ngilochar vosita — musiqa, film va kliplar, kompyuter o’yinlari manbai sifatidagina qo’l kelmoqdami? MS Office, Word, Excel kabi tushunchalar sizga hech narsani anglatayotgani yo’qmi? Klaviatura elementlari, tez matn terishning samarali usullari, klavishlarning bajaradigan vazifalari bilan tanish emasmisiz? U holda mazkur qo’llanma aynan siz uchun!

FOYDALI MANZILLAR —   Ta’lim sohasiga oid ma’lumotlar joylashgan saytlar yoki rasmiy Davlat idoralarining saytlari hamda ta’lim sohasida qo’llanilishi mumkin bo’lgan qidiruv saytlari ro’yxati aynan shu bo’limda keltirilgan.

Saytda mavjud bo’lgan Kategoriyalar:

FIKR — Turli yo’nalishdagi publisistik maqolalar.

IBRAT — Ibratli hikoya va maqolalar.

IJOD — Sayt muallifining badiiy ijod sohasidagi mashqlaridan namunalar.

ISHLANMA — Informatika va matematika fanlaridan dars ishlanmalari.

O’ZIMIZNING — Informatika va axborot texnologiyasiga oid ensiklopedik maqolalar.

RUHIYAT — Inson ruhiyati, psixologiyaga oid maqolalar.

TARTIB — Ish rejalar.

XAZINA — Sayt kutubxonasi.