www.ziyonet.uz ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog’i 2005 yil 28 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida”gi 2005 yil 28 sentyabrdagi 191-sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan.
ZiyoNET tarmog’ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya hizmatlarini ko’rsatishdan iborat.
www.natlib.uz O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga jahon andozalari darajasida xizmat ko‘rsatish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, 800 o‘rinli 13 ta o‘quv zallariga axborot-kutubxona faoliyatini yuqori darajada olib borishga mo‘ljallangan zamonaviy asbob-uskunalar va texnik vositalar o‘rnatilgan, Wi-Fi tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bunday sharoitlar kutobxonlarni tashrifini yildan-yilga oshib borishiga, yoshlarimizni ko‘proq jalb qilish imkoniyatini bermoqda.
www.kitob.uz Respublika bolalar kutubxonasining rasmiy sayti
www.eduportal.uz Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Axborot ta’lim Portali Vazirlar Mahkamasining 110-sonli 2006 yil 7 iyundagi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Portalning asosiy vazifasi xalq ta’limi tizimida Multimediya umumta’lim dasturlarini yaratish markazi hamda tashqi tashkilotlarda ishlab chiqilgan va ishlab chiqilayotgan ta’lim mazmunidagi multimediya ilovalarini tarqatishdan iborat. Ta’lim axborot dasturlarini on-line rejimida taqdim etish ko‘zda tutilgan. Shu qatorda, turli ta’lim mazmunidagi Intranet tarmoqlarini tashkil etish va boshqa qo‘shimcha xizmatlar va O‘zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi vazirligi veb-saytiga bog‘lovchi vazifasini bajarish rejalashtirilgan.
www.selfstudy.uz Informatika fanidan foydali materiallar. Samarqand shahridagi 34 –umumiy o‘rta ta’lim maktabida informatika fani o‘qituvchisining Azamat Toshiyevning shaxsiy sayti.
www.learning-ps.uz Ushbu blog Photoshop dasturi ishqibozlari uchun bag`ishlangan. Blogda Siz ko`plab qiziqarli ma’lumotlarni, dasturni o`rganish bo`yicha mashg`ulotlarni topishingiz mumkin.
www.school.uz school.uz — sayti foydalanuvchilar uchun kerakli bo‘lgan kitoblarni elektron ko‘rinishda topish imkonini yaratuvchi elektron darsliklarning jamlanmasidir.
www.my.estudy.uz Endi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan ta’lim olishingiz mumkin. Ta’lim muassasalarida ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga mo’ljallangan.