Agar fazoga sayr qilishni xohlab qolgan bo’lsangiz, darhol oumid bo’lmang. http://www.space.com saytiga tashrif buyuring. Shuning o’zi kifoya. U yerda siz faziga oid eng so’nggi kosmos texnologiyalari bilan tanishibgina qolmay, qutb yog’dularidan qora tuynuklargacha, kometalardan asteroidlargacha, sayyoralardan galaktikalargacha, Marsdagi kraterlardan Saturn xalqalarigacha barcha-barchasining teleskop va sun’iy yo’ldoshdan olingan fotosuralarini va videotasvirlarini tomosha qilishingiz mumkin.

http://www.highwire.stanford.edu HighWire press – Stenford universiteti kutubxonalarining bo’limi. U yuqori malakali  ekspertlar tomonidan taqrizlangan jurnal va boshqa ilmiy nashrlarning electron on-line versiyalarini ishlab chiqaruvchi markaz hisoblanadi. 2003-yilning “Notijoriy nashriyot xizmati” yo’nalishida konkurs sovrindori bo’lgan ushbu sayt jahondagi turli akademik tashkilotlar va universitetlarning matbuot hamda nashriyotlari bilan hamkorlik qiladi.

http://www.besthistorysites.net/ Ushbu sayt orqali tarixga oid ma’lumotarga tez, quay va ishonchli ravishda ega bo’lish mumkin. Web-sahifaga ma’lumotlarni ishonchli deb topilgan tarixga oid 1200 dan ziyod saytlar ro’yxati kiritilgan hamda mavzu v asana bo’yicha tasniflangan. Google tomonidan tarixga oid saytlar orasida “birinchi raqamli sayt” deb qayd etilgan.

http://www.wikipedia.org/  — 2001-yildan buyon faoliyatda bo’lgan ushbu qomusiy sayt, internetdagi muvaffaqiyatli loyihalardan biri hisoblanadi. Saytda dunyoning ko’plab tillarida berilgan ma’lumotlar mavjud va uzluksiz ravishda boyitib boriladi. Boshqa qomusiy saytlardan farqi – istalgan foydalanvchi unga maqola yoki axborot joylashtirishi va hatto ma’lumotlarni yangilashi yoki ulardagi xatolarni tuzatishi mumkin.

http://www.scirus.com/ — universal ilmiy qidiruv sayti/ Tizim aniq fanlar va ularning turli akademik yo’nalishlari, texnika, tibbiyot kabi sohalar bo’yicha jahondagi ko’plab yirik ilmiy mashrlarda chop etilgan maqolalar, patentlar, ma’ruzalarning to’liq matnli qidiruvini amalga oshiradi. Qidiruv tizimi soniyalarning ulushlarida 300 milliondan ziyod ilmiy saytlarni tekshirib chiqadi. 2004-yilda Web-marketing assotsiasiasining eng yaxshi qidiruv server mukofotiga loyiq deb topilgan.

http://www.brainpop.com/ Kimyoviy elementlar davriy tizimidan elektromagnitizmgacha, asab tizimidan genlargacha, fotosintezdan nanotexnoogiyagacha, atomlardan asteroidlargacha turli-tuman ilm-fan va texnologiyalarga oid mavzularni qisqa ammo qiziq va zavqli multfilmlar orqali o’rganish har qanday erinchoq o’quvchining ilmga bo’lgan shavqini oshirishi turgan gap. Ushbu saytga joylashtirilgan yuzlab multfilmlarning bosh qahramonlari Tim va do’sti Mobi bilan siz aslo zerikmaysiz.

http://ina.tamu.edu/vm.htm Yuz va hatto minglab yillar ilgari cho’kkan kema qoldiqlari qanday topiladi? Qadimgi kema qoldiqlari hamda ulardagi buyumlarning suv yuzasiga chiqarilishi, tadqiq qilinishi va tarixini o’qib, o’rganish dengiz sarguzashtariga qiziquvchilarning jonu dili. Suv osti ekspeditsiyalari ancha mashaqqati ish ekanini ko’pchiik yaxshi biladi. Uning ustiga bunday noyob topimalar har kuni ham toplavermaydi. Biroq ushbu saytni dengiz osti topimalari xazinasi desa bo’laveradi.

http://plasma.nationalgeographic.com/mapmachine/index.html Dunyoning istalgan burchagini tanlab, sayhat qilishni kim istamaydi deysiz. 1888-yida geografiya sohasidabi bilimlarni o’rganish va tarqatish maqsadida tashkil etilgan mashhur “Nationa Geographic” ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot jamiyati tomonidan tayyorlanib, saytga joylashtirilgan maxsus dastur sizga bunday imkoniyatni taqdim etishi mumkin.

http://ssrn.com Ijtimoiy fanar tadqiqot tarmog’ida 132 000 dan ortiq ilmiy maqolalarni ko’chirib olish mumkin bo’lgan electron versiyalari joylangan. Tarmoq to’liq ilmiy bo’lib, undagi har bir maqola hamda ilmiy ishlar xalqari mualifik huquqi qonun-qoidalari asosida himoya qilingan. Saytda dunyoning 70 mamlakatidan 80 mingdan ziyod mualliflarning ilmiy izlanishlari foydalanuvchilar hukmiga havola etilgan.

http://www.eurikalert.org Global doirada faoliyat yurituvchi ushbu ilmiy web-sahifa Amerika fan taraqqiyoti assotsiasiyasi tomonidan boshqariladi. Sayt ilmiy yangilik va axborotlarni matbuotda chiqarishdan manfaatdor bo’lgan turli universitet, jurnal, tibbiy markaz, davlat va jamoat tashkilotlariga imkoniyatlar ochib, ularning axborot resurslarini ommaga yetkazishga ko’makashadi.