sanoq_sirlari

Miqdorlarni belgilash (ifodalash) uchun huddi alifbodagi singari maxsus belgilar va ularning o‘zaro bog’lanish qoidalaridan foydalaniladi. Bu belgilarturli tarixiy davrlarda, turli xalqlar tomonidan yaratilgan bo‘lib, har biri alohida o‘ziga xoslik kasb etadi. Miqdorlarning maxsus ifodalari sonlar deb nomlanadi va ular raqamlar deb ataluvchi maxsus belgilar yordamida hosil qilinadi.

Ko‘p hollarda o‘quvchilar sonlar va raqamlarni o‘zaro chalkashtirib yuboradilar. Garchi ular bir-biriga juda yaqin tushunchalar bo‘lsa-da, ayni bir narsa emas. Raqamlar – huddi alifbodagi harflar singari faqatgina simvolik ahamiyatga ega xolos. Sonlar esa – ma’lum miqdoriy qiymatni ifodalaydi.

Odatda raqamlar chekli miqdorda bo‘ladi, sonlarning esa cheki yo‘q. alifbodagi raqamlar chekli miqdorda bo‘lgani holda ularni ma’lum qoidalar asosida, turli miqdorda ketma-ket joylashtirish orqali millionlab so‘zlar hosil qilish mumkin ekanini bilamiz. Huddi shuningdek, chekli miqdordagi raqamlar vositasida cheksiz miqdordagi sonlar hosil qilish imkoniga egamiz. Misol uchun qaraydigan bo‘lsak, bor yo‘g’i uchta raqam – 1, 2 va 3 yordamida 6 xil sonni hosil qilish mumkin (123; 132; 213; 231; 312; 321). Tushunganingizdek, 1, 2 va 3 lar raqamlar, ular yordamida hosil qilingan miqdorlar esa sonlar deyiladi. Raqamlar yordamidasonlarni hosil qilish hamda ular ustida turli amallar bajarish jarayoni maxsus qoidalarga amal qiladi va biz mazkur qo‘llanmada baholi qidrat ana shu qoidalar xususida so‘z yuritamiz.