Assalomu alaykum!

       shavkatbek.uz manzili matematika va informatika fanlari o’qituvchisi, pedagog Shavkat Muminovich Azimov tomonidan tayyorlangan bo’lib, bu yerdan siz ijtimoiy hayotning turli yo’nalishlariga oid materiallarni olishingiz mumkin.

       Sayt kimlar uchun foydali?

Ushbu manzildan, pok niyatli, yaxshilik istovchi har kim o’zi uchun foydali biror narda olishiga umid bildiraman. Sayt muallifi pedagog bo’lganligi tufayli eng dastlabki materiallar ayni shu sohaga oid bo’lishi tabiiy. Demak,

O’QITUVCHI-PEDAGOGLAR

Umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar uchun mazkur saytda bir nechta yo’nalishda mpedagogateriallar joylashtirilgan. Jumladan, umumta’lim maktablarida informatika fanini o’qitish yuzasidan sinflar kesimida yillik taqvim rejalari, informatika fanidan to’garak mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun bir necha xil rejalar, sayt muallifi tomonidan tayyorlangan yoki foydalanish uchun qulay, yuqori samaradorlikka erishishga yordam beruvchi deb baholangan dars ishlanmalari, barcha umumta’lim fanlarini o’qitiushga multimediya vositalarini joriy qilish yuzasidan metodik maqolalar, Kompyuter tarmoqlari, turli texnik vositalar, internet tarmog’idan foydalanishni o’rganuvchilar uchun o’zbek yoki rus tillaridan nashrdan chiqarilgan qo’shimcha adabiyotlarning elektron shakllari, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan foydalanishga tavsiya qilingan darsliklarning elektron shakllari, inson ruhiyati va tarbiya masalalari bo’yicha foydali materiallar ayni bir manzillarga birlashtirilgan.

O’QUVCHILAR VA YOSHLAR 

Albatta, o’quchimsyaituvchining e’tiboridan hech qachon o’quvchilar yoki bolalar chetda qolmaganlar. Sayt loyihasini tayyorlashda dastlabki, e’tibor berilgan masalalardan biri ham aynan o’quvchilar uchun foydali materiallarni joylashtirish bo’lgan. Demak, tolibi ilm ushbu manzildan darsliklarning elektron shakllari,
informatika fanidan testlar, informatika fani axborot texnologiyalariga oid tushunchalarning ta’rifi, darslikka kiritilmagan qo’shimcha ma’lumotlar, dasturlash, matematik mantiq, sanoq sistemalari mavzulari bo’yicha masalalar yechishning qulay usullari haqidagi maqolalar, turli hayotiy jarayonlarda qanday yo’l tutishni hal etishga ko’maklashuvchi ibratli maqolalar, kasb-hunar tanlash va favqulotda holatlarda harakatlanish bo’yicha foydali tavsiyalarni topishlari mumkin.

OTA-ONALAR (demakki, HAMMA) 


IBRAT
, RUHIYAT, TURFA
kabi ruknlar turli yosh va faoliyat doirasida insonlar, umuman olganda barcha tashrif buyuruvchilar uchun mo’ljallab tashkil etilgan bo’lib, ularda dunyoning turli hududlarida omma orasida o’z muvaffaqiyatlari bilan mashhurlikka erishgan insonlar hayotidan ibratli lavhalardan semyatortib, oddiy insonlarning atrofdagilarni tafakkur qilishga chorlovchi hayotiy maqolalarigacha, hatto kundalik ijtimoiy hayotning har xil vaziyatlarida qanday yo’l tutmoq afzalligi haqidagi tavsiya shaklidagi materiallar ham joylashtirilgan. Inson ruhiyati murakkab tuzilganligi bilan nafaqat o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilar uchun balki har bir inson uchun uning sinoatlarini o’rganish foydadan holi bo’lmaydi. Saytning Ruhiyat bo’limida inson psixologiyasiga oid materiallar, kishini tushkun kayfiyatdan chiqihda va hayotiy muvaffaqiyatlarga erishishda o’z kuchiga tayanishga o’rgatuvchi tavsiyalar joy olgan. Mazkur manzil ko’p millionlab sanoqdagi virtual faoliyatlar orasida navbatdagi bir arzimas urinish bo’lsa-da, unga tashrif qilgan zamondoshimning chiqish tugmasini bosish chog’iga qadar o’zi va atrofidagilarga naf keltiruvchi biror yangi fikrga ega bo’lib yohud bir foydali g’oya uchun turtki olib ulgurishi umidi bilan intilmoqdaman.  Shoyadki, tashrif buyuruvchilar ko’magida yaratgan bu umidimni ro’yobga chiqarsa,

Saytga tashrif chog’idagi fikr, taklif va mulohazalaringiz bilan shavkatmuminovich@umail.uz elektron manzilida sizlarni kutmoqlikdan mamnuniyat xis etaman. Barcha-barchamizga Allohning o’ziga ezgu amallar uchun kuch-quvvat sa ikki dunyo saodatini nasib etsin. Ehtirom bilan,

Shavkat Azimov.