Kompyuter texnikasidan foydalanish bo’yicha boshlang’ich ko’nikmalarga ega emasmisiz? Kompyuter siz uchun ko’ngilochar vosita — musiqa, film va kliplar, kompyuter o’yinlari manbai sifatidagina qo’l kelmoqdami? MS Office, Word, Excel kabi tushunchalar sizga hech narsani anglatayotgani yo’qmi? Klaviatura elementlari, tez matn terishning samarali usullari, klavishlarning bajaradigan vazifalari bilan tanish emasmisiz? U holda mazkur qo’llanma aynan siz uchun!

Kompyuterdan ofisda foydalanish uchun zarur bo’lgan eng dastlabki  tushunchalarni o’zida jamlagan «Kompyuter olamiga besh qadam» qo’llanmasi 5 ta qadam (alohida darslar)dan iborat bo’lib o’rganuvchilarga qulaylik uchun oddiy muloqot nutqi shaklida yozilgan.

Qo’llanmaning birinchi mavzusi (1-qadam) dastlabki tushunchalarga bag’ishlangan bo’lib, xavfsizlik texnikasi qoidalari, Windows muhiti, kompyuter qurilmalari va ularni ishga tushirish, ishni yakunlash, Bosh menyu va «Mening kompyuterim» sistema katalogi, doimiy xotira va sichqoncha bilan ishlash kabi kichik mavzularni o’z ichiga olgan.

Ikkinchi mavzu «Matn muharrirlari va MS word dasturi» deb nomlanadi. Bu qadamda Word interfeysi, Wordda hujjat hosil qilish bilan tanishish, klaviatura bilan ishlash ko’nikmasini egallash va onta barmoq bilan harf terish usulini o’rganish mumkin.

Navbatdagi (Wordda hujjatga obyekt qo’shish) dars(i)da  Wordda hosil qilingan fayllarga turli obyektlar (jadval, rasm, smart art, diagramma va boshqalar) o’rnatishni o’rganiladi.

Qo’llanmaning to’rtinchi qadami MS Power Point dasturini 5-qadami esa MS Excel dasturini o’rganishga bag’ishlangan.

Qo’llanmani PDF formatda yuklab olish mana bu yerga bosing.