OILAVIY KUTUBXONA — BOLA UCHUN XAZINA

kitob-javon-20Har bir ota-onada ertami-kechmi “ Farzandim uchun kutubxona tashkil qilishim kerakmi?” “Bu kutubxona qanday bo`lishi kerak?” degan savollar tug`ulishi tabiiy . Avvalo , aytish kerakki, har bir oilada kutubxona bo`lishi shart. Unda kattalar va kichiklar  uchun qiziq va  muhim kitoblarni to`plab boorish zarur. Bu sizning bir-ikki marta kitob do`konlariga kirib, adabiyotlar  xarid qilishigiz bilan cheklanib qolmaydi.

Bu uzoq davom etadigan jarayon bo`lib, uning har tamonlama barkamal bo`lib ulg`ayishi uchun  zarur qo`llanmalarni to`plashni hali chaqalog`ingiz beshikda yotgan paytdaligidayoq, ya`ni kitob nimaligini bilmagan, so`zlashga ham o`zganmagan davrlardan boshlash zarur.

 Ko`plab ota-onalarbolalar uchun mo`ljallangan zamonaviy  kitoblarning yorqin va jimjimador  muqovadagisini xarid qilishga harakat qilishadi. Ba`zilar esa adabiyotlarni sotib olib kelishgach, ularni hatto bir bor varaqlab ham ko`rmasdan kutubxonaning bir burchagiga tiqishadi-da, ular shu bo`yicha chang  bosib yotaveradi. Albatta,  bu ish noto`g`ri!

 Bolalar kutubxonasini tizimli ravishda yaratish zarur. Kitob do`konlarida qalashib yotgan barcha kitoblar ham bolalar uchun zarur emas. Bundan tashqari, olishni niyat qilingan adabiyotni varaqlab ko`rish shart. Chunki o`smirlar uchun mo`ljallangan kitoblar ichida anchayin  saviyasis ravishda bezatilganlari ham mavjud.

Kitoblar olami

Shuningdek, kitoblardagi mazmunlar rang-barangligiga  e`tabor qaratish zarur. Bir xil mavzudagi adabiyotlardan kutubxonagizda kamida 2 tasi bo`lishi kerak. Bu yosh kitobxonda mutolaadan so`ng solishtirish, mulohaza qilish,  to`g`risini tanlash salohiyatini rivojlantiradi.

Ayniqsa, bolalarga mo’ljallangan badiiy kitoblar xilma-xil va qiziqarli bo’lib, ular orasida hikoya, qissa, pe’sa va she’riy janrlardagi to`plamlar bo`lishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, o`zbek xalq ertaklari va jahon adabiyotiga oid kitoblar bo`lsa, bu turli xalqlarga ijodiyotiga nisbatan hurmat va e`tabor ko`nikmalari paydo qiladi.

  Ilmiy-ommabop kitoblarini tanlashda uning bilim va zehni doirasini har tamonlama rivojlantiradigan, xususan, kimyo, fizika, qiziqarli matematika, geografiy, ijtimoiy fanlar  va boshqa muhim fanlarni qamragan adabiyotlarni nazardan qochirmaslik lozim. Ayni, paytda farzandizgiz foydalanishi uchun kerak bo`ladigan lug`atlar ensiklopediyalar va qomuslar ham bo`lishi juda zarur.

   Kutubxonaga    fanlar bo`yicha bugungi kun uchun dolzarb mavzudagi kitoblardan tashqari bolangiz ulug`aygani sayin zarur bo`ladigan  majmualarni to`plash taqazo qilinadi.

Kitob tanlash uchun bolangizni do`konga birga yetaklab boring. Toki u kichkintoylik paytidanoq kitob harid qilish ham kiyim-kechak yoki oziq-ovqat sotib olishdek, o`ta zarur ekanligini anglasin!

Add Comment

Required fields are marked *. Your email address will not be published.