DARSDAN KEYINGI MASHG`ULOTLAR NEGA KERAK?

qungiroq

Ba`zi ota-onalar: “Farzandlarimiz, maktabdagi saboq paytida charchashadi, toliqqan o`quvchilarga to`garakning nima keragi bor?”- deb hisoblaydilar.Hatto rasm chizish hamda futbol to`garaklariga berishdan ham bosh tortishadi. Bu mutloqo yanglish fikr. Psixologlarning mulohozalariga ko`ra, hozirgi vaqtda bolalar o`zlari uchun qanday kasbni egallash zarurligini fikrlay olmay turli muammolarga duch keladilar.

Oqibatda, o`zlariga nima yoqishini ham anglolmasdan asabiylashishadi. O`smirlarning munosib kasb-hunar egasi bo`lib yetishishlari uchun tanlash imkoniyatini yaratish , ularda yashirin imkoniyatlarni ochish va ro`yobga chiqarishga ko`maklashish zarur. Albatta, bunday paytda bolaga turli kasbiy , ijodiy to`garaklarga qatnash va sevimli sport turlari bilan shug`ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish darkor.

To`garaklar qanday tanlanadi?

Farzandlaringiz qatnashayotgan ma`lum to`garak va mashg`ulotlari bo`yicha mutaxassis bo`lib yetishishlari ham unchalik shart emas. Chunki boladagi ichki qobilyat va iqtidorni o`zi  tugul siz ham hali to`la anglamasligingiz mumkin.Kelajakda turli kasblardan xabardorligi (misol uchun aktyorlik mahorati, raqs, xonandalik salohiyati) do`stlari davrasida asqotish mumkin.Eng muhimi, dilbandingizning biror sohaga havas va rag`batiga e`tiboringizni qarating.Negaki, ma`lum qiziqish va bu yo`ldagi zahmatlar ortidan muvaffaqiyat  sari odimlanadi.

Siz bolani dastlabki yutuqlari paytida rag`batlantirib tursangiz o`sha sohani yanada yaxshi egallashga harakat qiladi. Agar urunishlardan hech qanaqa ijobiy natija chiqmasa yoki o`sha to`garakka borishni istamas ham hech qachon uni majburlamang.

Istak va hohishlarga yo`nalish bering.

 Psixologlarning fikricha, bolalar turli musobaqalarda qancha ko`p g`olib bo`lishsa shunchalik mahoratlari oshib boradi. Ba`zan bir yoki ikki ayrim holda o`n xil sohaga qiziqishlari ham mumkin. Bunday paytlarda u hammasiga ulgurishi uchun o`zida kuch topa olsa, unga sira to`sqinlik qilmay shar-sharoit yaratib bering.Vaqt o`tgandan keyin hayoti mazmuniga aylangan asosiy sohani o`zi tanib yetadi.

  Farzandingiz garchi bir mutahasislikni tanlagan bo`lsada, jismoniy jihatdan  yetuk va qad-qomati ham chiroyli yaxshi bo`lishi uchun qo`shimcha mashg`ulotlar(raqs,gimnastika) bilan shug`ullanishga yo`naltiring.Bundan tashqari, ota-ona o`zlarining tajriblaridan kelib chiqqan holda, bu to`garaklar yoniga rasm chizish tennisga qanashishga  ruxsat berganlari ma`qul.

Bu qiziq: Agar  bolangiz ko`p aqliy va ijodiy mashg`ulotlarga jiddiy borayotgan bo`lsa, uni sport bilan ham  shug`ullanishiga qiziqtiring. Chunki, bunday rasm-barang mashg`ulotlar uni sog`lom bo`lib voyaga yetishi uchun zamin hozirlaydi.

«Shifo info» dan olindi.

Add Comment

Required fields are marked *. Your email address will not be published.