ABDULLA QODIRIY: “PUL BOLANI BUZADI!”

kitobMa`naviy hayot bazi oilada yengilroqmi, bachkanaroqmi, har holda sayazroq kechadi. Ota-ona va farzand o`rtasidagi munosabat, odob va tarbiyaga u qadar ahamiyat berilavermaydi. Ammo yozuvchi oilasida yuqorida aytilganidek  bu kabi holatdan yuz bermas edi. Hamma narsa o`z o`rnida bo`lib, oilaviy, muammoli va nozik masalalar hech qachon bolalar olidida muhokama qilinmasdi. Bunday paytda bolalarga tashqarida “o`ynab kelish” buyuriladi.

Yozuvchining o`g`li Habibulla Qodiriy otasi to`g`risidagi xotiralarni shunday yodaga oladi:”Oiladagi bosh tarbiyachi buvim, yani dadamning onalari edi. Dadam g`iybat, gina, yolg`on, chaqimchilik,aldash, ikkiyuzlamachilik, bachkana nayrang va mahmadonagarchilikni aslo yoqtirmas edi. U beg`ubor soda, muomala va suhbatni hohlar edi.

“Mening bolam bo`lsa, undan yomonlik chiqmaydi”

Tabiiyki, bolalik shuxliklarsiz bo`lmaydi.Ba`zan bu shuxliklar chegarasidan chiqib ketsa buvim va oyimning jahli chiqib, dadamga shikoyat qilib qolardi:

-Bu bolangga biro dob berib qo`ysang bo`lmaydimi?

-Odob bermayman negaki, u mening ..o`g`lim… Mening o`g`lim va bolalarim odobsiz, yomon kishi bo`lishi mumkin emas!

-Nima , sen osmondan oyoq uzatib tushganmisan ?-derdi buvim.

-Yo`q, men kishi emasman. Shuning uchun bolalarim koyisam-koyimasam menga o`xshashlari kerak. Men ularni halol  mehnat bilan boqayotirman. Bunda hosiyat ko`p oyi,-derdi dadam.

Mana shu “falsafa” biz, bolalar qalbidan chuqur joy olgan.

“Bolalarni pulga o`rgatib bo`lmaydi”

Otam bizga tanbeh berib o`tirmas edi. U oilada yotig`I bilan “ikki og`iz “ ma`noli gap qilar, shuning o`zi hammamiz uchun “ham osh, ham non” bo`lardi…

-Ada, menga kitob olishga pul kerak.

-Ho`p, qancha?

Dadam, bizga so`raganimizcha pul berar edi. Kechqurun esa yoniga chaqirib so`rar edi:

-Kitob oldingmi?

-Oldim.

-Qani, keltir.

Kitobni keltirib dadamni oldiga qo`yardim. Ular muqovadagi bahoni ko`rib:

-Qolgan pul qani?- deb so`rardi.

U menga  bitta muzqaymoqqa yetgulik pul berib, qolganini qaytarib olar edi. Shunda buvim gapga aralashib qoladi:

-Bolaga mehring juda qattiq, Abdulla…

-Gap qattiqlikda emas, oyi, bolani pulga o`rgatmaslikda: pul bolani buzadi,-der edi.

Ko`pchilik bilan barobar yashash kerak

Bir vaqt hali mahalla tevaragida rasm bo`lmagan chog`da adibning o`g`li Habibulla velosiped havas qilib qoldi. Albatta, velosiped oldirishga buvisini vositachi qildi. Shunda Qodiriy dedi:

-Velosiped olib berishga oqcham (pul) bor, lekin olib bermayman.

— Nega bolam?

-Ayting-chi, oyi, yon-verimizda kimning bolasi velosiped minayotir?

-Birov bilan nima ishing bor ?- dedi oyisi.

-Tushunmaysiz. Ko`pchilik bilan barobar yashash kerak, nabirangiz velosiped minsa, boshqa bolalarning ko`ngli o`ksiydi. Qo`shnilar uyida janjal bo`ladi. Siz va mendan ranjiydi. Bizning oilamiz uyatli bo`lib qolishining ibrati yomon, oyijon!…

Qodiriryning hayotiy tarbiyasi bugungi kundagi ayrim oiladagi bola tarbiyasiga uncha yopishib tushmas. Lekin ulug` adibning bunchalik siqiq doirada va davrda odob va tarbiyani olib borganligi hozirgi zamon oilalariga ibrat bo`lib qolishiga shubhamiz yo`q.

Add Comment

Required fields are marked *. Your email address will not be published.