BRAUZERLAR

      СнимокAvvalgi maqolalardan Internet qanday ishlashini bilib oldik. Endi kompyuterimizni Internet tarmog‘iga ulovchi dastur – brauzerlarga navbat keldi.

      Mavhum gaplarni chetga surib, aniq misollar yordamida o‘rganishga harakat qilaylik.

     Aytaylik, bizga bir saytga kirish kerak bo‘lib qoldi. Buning uchun biz brauzerni ochamiz, manzillar qatoriga ushbu sayt nomini yozamiz va Enterni bosamiz. Internetimizning tezligiga qarab, sayt o‘sha zahoti yoki birozdan keyin namoyon bo‘ladi. Xo‘sh, mana shu paytda aslida nimalar ro‘y beradi?

     Ming bora gapirgandan bir marta ko‘rgan afzal, deyishadi. Keling, biz ham chizma yordamida sayt nomini yozganimizdan keyingi 2-3 sekund ichida nimalar ro‘y berishini ko‘raylik.

Снимок1

     Masalan, nic.ru sayt nomini kiritdik. Brauzer DNS-serverga nic.ru domeniga qaysi IP-manzil muvofiq kelishini aniqlash uchun so‘rov yuboradi. Keyin internet-brauzer DNS-serverdan nic.ru domeniga 194.85.61.42 IP-manzili muvofiq kelishi haqida javob oladi.
Brauzer IP-manzili 194.85.61.42 bo‘lgan serverga so‘rov yuboradi. Shu payt e’tibor bersangiz, brauzerdagi manzillar qatoridagi nic.ru domeni mana bunday bo‘lib o‘zgarib qoladi: http://nic.ru/.

     194.85.61.42 IP-manzilli server internet-brauzerimizga so‘ralayotgan sahifani HTML tilida yuboradi, bu tilni brauzer «yaxshi tushunadi». Yuborish esa oldingi maqolalarda aytganimiz – HTTP protokoli bo‘yicha amalga oshiriladi. Brauzer sahifaning HTML-kodini o‘qiydi va undagi ko‘rsatmalar bo‘yicha kompyuterimiz ekranida so‘ralgan sahifani aks ettiradi.

     Mana, biz sayt nomini yozib, Enterni bosganimizdan keyin ana shunday hodisalar ro‘y beradi va biz saytga «kirgan» bo‘lamiz.

Add Comment

Required fields are marked *. Your email address will not be published.