ROLLI O’YINLAR

rollarZamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmasdan, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdan iborat. Qisqa vaqt mobaynida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini baholash o’qituvchilardan yuksak pedagogic mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuv talab etadi.

Pedagogic texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatga ega. Ya’ni har bir o’qituvchi ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil qilishi lozim.

Shaxsiy izlanishlar olib boorish – o’qituvchining pedagogic mahoratini takomillashtirishning muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham keying yillarda ta’limning yangi, qiziqarli, faol shakl va metodlaridan foydalanilmoqda. Asosiy maqsad o’quvchilarning avvalgidek faqat tinglovchi, o’qituvchi tomonidan og’zaki bayon qilingan bilimlarni qabul qiluvchi obyekt, pedagogic jarayonda passiv ishtirok etishlaridan cheklanish bilan bir qatorda har ikkala tomonning asosan o’quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlashdan iboratdir.

Bu borada ta’lim va tarbiya jarayoniga rolli-syujetli o’yinlarni kiritish yaxshi samara beradi. Rolli-syujetli o’yinlarni o’tkazish ayniqsa, ijtimoiy va tabiiy yo’nalishlardagi fanlardan tashkil etiladigan mashg’ulotlarda birdek yuksak natija beradi.

Masalan: 8-sinfda O’zbekiston tarixi fanidan “Buxoro amirligida madaniy hayot” mavzusidagi darsda rolli-syujetli o’yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o’qituvchi mavzuning “Tarix ilmi”, “Adabiyot”, “Sana’t” va “Musiqa” bandlariga oid matnlar tayyorlaydi. Matnlarni tayyorlash jarayonida  darslik bilan kifoyalanmay, ilmiy nashrlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish muvaffaqiyatli darsning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.dars jarayonida sinf jamoasi to’rtta kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh berilgan vaqt ichida o’qituvchi tomonidan taqdim etilgan matndagi faktlardan foydalangan holda  3-5 daqiqalikrolli-syujetli taqdimotlar tayyorlashlari talab qilinadi. Ajratilgan vaqt yakunlangach guruhlar o’z taqdimotlarini o’tkazadilar. So’ngra taqdimotlarning hayotiy va fanga oid jihatlari muhokama qilinadi.

Rolli-syujetli o’yinlarni muayyan bo’lim yoki bob yakunidagi umumlashtiruvchi darslarda ham qo’llash mumkin. Bunda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan rollarni tayyorgarliksiz bajarib berishlari lozim bo’ladi. Bu yo’l orqali o’qituvchi o’quvchilarning bo’lim mavzularini qanchalik o’zlashtirganliklarini ham tekshirib olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Rolli-syujetli o’yinlardan foydalanish orqali:

  • Ta’lim yoki tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish;
  • O’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish;
  • O’quvchilarda o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish ko’nikmasini shakllantirish;
  • O’qituvchi vao’quvchi o’rtasida hamda sinf jamoasi o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish;
  • O’quvcilarda muayyan b’olim yoki bob mavzulari bo’yicha puxta bilimlar shakllanishiga erishish;
  • Fanning mazmun-mohiyatini, amaliy ahamiyatini namoyon qiluvchi hayotiy misollarni ko’rib chiqish;
  • O’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish imkoni yuzaga keladi.

O’qituvchi rolli-syujetli o’yinlar o’tkaziladigan mashg’ulot loyihasini ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim bo’ladi:

  1. Fan, bo’lim yoki bob, mavzuning asosiy mazmunini ochib beruvchi hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan muammoni aniqlash;
  2. Maummoni hal qilish usullari va vazifalarini ishlab chiqish;
  3. Ishlab chiqilgan vazifalarning hayotiy misollarini tasavvur qilish;
  4. Ular orasidan sinf jamoasi va o’quvchilarga mos variantlarni tanlab olish;
  5. Tanlab olingan variantlarni ifodalovchi rolli-syujetli o’yinlar uchun asosiy tushunchalarni yoritadigan matnlar tayyorlash.

Bunday darslarni loyihalash jarayoni o’quvchi shaxsini har tomonlama bilish, jamoa sifatida sinfning  xususiyatlarini o’rganish bilan birga muhokama jarayoni loyihasini ishlab chiqishdan iborat bo’ladiki, bular rolli-syujetli o’yinlarning eng asosiy bosqichini – o’yindan chiqariladigan xulosalarni aniq tasavvur qilish imkonini yaratadi.

Rolli-syjetli o’yinlarni o’tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich – Ruhiy jihatdan bir-birga yaqin o’quvchilardan iborat va har birida tashabbuskor o’quvchilarni biriktirgan kichik guruhlar tashkil etish;

2-bosqich – Har bir kichik guruh tomonidan bajariladigan rolli o’yinlar mazmunini tushuntirib berish;

3-bosqich – Kichik guruhlar rolli-syujetli o’yinlari jarayonining muhokamasi va roller taqsimoti;

4-bosqich – Rolli-syujetli o’yinlar taqdimoti;

5-bosqich – Jarayonni muhokama qilish, hayotiy xulosalar. Rolli-syujetli o’yinda ko’tarilgan muammo va yechim haqida muloxazalar.

Bugungi kunda ta’lim sohasida muayyan natijalarga erishga pedagoglar tomonidan bir qator rivojlangan mamlakatlarda  o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi rolli syujetli o’yinlardan foydalanib kelinmoqda. Biroq rolli-syujetli o’yinlardan majburan foydalanib bo’lmasligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Chunki har bir o’quvchining psixologik xarakteristikasi va sinf jamoasining imkoniyatlari turlichadir. Bir guruhda biror natija bergan rolli-syujetli o’yinlar boshqa guruhda ikkinchi xil natijani berishi mumkin. Shuning uchun har bir o’qituvchi ta’lim jarayonini loyihalashda o’zining pedagogic mahorati va sinf jamoasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda rolli-syujetli o’yinlar turlaridan o’zi uchun maqbul variantni tanlab olishi  hamda ularni ijodiy rivojlantirishi lozim.  O’yinlarning tanlanishi o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va o’quvchilarning qizishlari hamda mavjud imkoniyatlar bilan ham bog’liq.

Add Comment

Required fields are marked *. Your email address will not be published.