TRAXTENBERG USULI

умножBerilgan birorta son ustida ko’paytirish amalini bajarish uchun bu sonning har bir raqamini (birlik xonasidagi raqamdan boshlab) ishlab chiqiladi. Bunda qo’shni raqamlardan turlicha foydalaniladi. Sondagi qo’shni raqam deb ishlanayotgan raqamdan o’ng tomonda turgan raqam esa son oldiga xayolan yozilgan nol uchun qo’shni raqam bo’ladi.

Ko’paytirish qoidalari:

11 ga ko’paytirish. Har bir raqamga uning qo’shnisini qo’shing. Misol. 1234*11

Ko’payuvchining raqamlarini birlik xona raqamidan boshlab ishlab chiqamiz.

4 ga uning qo’shnisini, ya’ni nolni qo’shamiz: 4 hosil bo’ladi. Navbatdagi ishlanadigan raqam – 3. Unga 4 ni qo’shib 7 ni hosil qilamiz. So’ngra, 2ga uning qo’shnisi ya’ni 3 ni qo’shamiz. 5 hosil bo’ladi. 1 ga 2 ni qo’shamiz, 3 hosil bo’ladi. Nihoyat, nolga uning qo’shnisi 1 ni qo’shamiz. 1 hosil bo’ladi. Shunday qilib, javobda hosil bo’ladigan sonning barcha raqamlarini hosil qildik. Javob: 13574

Ko’paytirishni ko’rsatilgan qoida bo’yicha bajarar ekanmiz barcha hisoblashlarni og’zaki bajaramiz, natijasini bir yo’la yozamiz.

Agar ikkita raqamni qo’shganda o’ndan kata son masalan 12 hosil bo’lsa, u holda odatdagicha yo’l tutamiz: 2 ni yozamiz, 1 ni esa dilda saqlaymiz.

Add Comment

Required fields are marked *. Your email address will not be published.